Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiya: “Isroilning Al-Aqso masjididagi ibodatni buzishga urinishini qabul qilib bo‘lmaydi”

Turkiya: “Isroilning Al-Aqso masjididagi ibodatni buzishga urinishini qabul qilib bo‘lmaydi”

Turkiya Isroilning Al-Aqso masjidida ibodatga to‘sqinlik qilishga urinishini qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb atadi.

Bu haqda Turkiya Prezident ma’muriyati Aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

"Bu nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga hurmasizlik va xalqaro huquqni buzish belgisidir", dedi u.

Duran Isroilning Livanga qarshi quruqlikdagi operasiyasi mintaqadagi keskinlikni kuchaytirayotganini va mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qaratilganini qo‘shimcha qildi: "Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an rahbarligida Turkiya muqaddas joylarga, Livan suvereniteti va hududiy yaxlitligiga hamda mintaqaviy barqarorlikka qarshi har qanday hujumlarga qarshi turishda davom etadi".

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!