Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘l sifatida “O‘rta yo‘lak” loyihasini faol targ‘ib qilmoqda — Financial Times

Turkiya Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘l sifatida “O‘rta yo‘lak” loyihasini faol targ‘ib qilmoqda — Financial Times

Bu yo‘l orqali Turkiya Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi asosiy tranzit markazga aylanishni xohlayapti, deya qayd etadi nashr.

“O‘rta yo‘lak” Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan yuklarni Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Kavkaz va Turkiya orqali quruqlikda tashishni nazarda tutadi. Dengiz yo‘liga qaraganda u ancha tez bo‘lishi mumkin: yuklar 12–15 kunda yetkaziliadi, dengiz orqali esa bu jarayon taxminan 40 kun davom etadi.

Turkiya Armaniston bilan chegarani ochish ustida ham ishlamoqda. 32 yil davomida yopiq bo‘lgan chegara punkti qayta ochilishi mumkin. Bu yangi yo‘lning muhim qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Loyiha AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan TRIPP deb ataladigan tashabbus bilan ham bog‘liq bo‘lib, u Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi tinchlik jarayonlari doirasida ishlab chiqilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatni “barqarorlik markazi” deb atab, Turkiya xavfsiz tranzit hududiga aylanishi mumkinligini aytgan.

Shu bilan birga, loyihada logistikaning murakkabligi, temir yo‘l tizimlarining mos kelmasligi va siyosiy keskinliklar kabi muammolar ham bor. Yo‘l Eron va Rossiya yaqin hududlardan o‘tadi, bu ham ehtimoliy xavf sifatida ko‘riladi.

Mutaxassislarning fikricha, bu loyiha katta sarmoya va xalqaro qo‘llab-quvvatlashga bog‘liq, shuning uchun yaqin vaqt ichida dengiz yo‘llarini to‘liq almashtira olmaydi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!