NASA ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lchami uchta futbol maydoniga teng bo‘lgan ulkan asteroid uch yildan so‘ng sayyoramiz yonidan o‘tib ketadi.
Osmon jismi Yerga ko‘plab sun’iy yo‘ldoshlardan ham yaqinroq masofaga kelishi sababli, uni hatto oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.
Mutaxassislar ushbu asteroidni potensial xavfli ob’ektlar ro‘yxatiga kiritishgan.
Hozirda koinot agentligi uning harakat trayektoriyasini va sayyoramiz bilan to‘qnashish ehtimolini sinchiklab o‘rganmoqda.