Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi falaj holatga keldi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi falaj holatga keldi

Bu haqda Marine Traffic dengiz kemalari harakati saytiga tayanib CNN yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ho‘rmuzdan o‘tishga harakat qilayotgan kemalar hatto bo‘g‘ozning o‘ziga kirmasdan ortga burilmoqda. Yaqinda suyultirilgan gazni tashiyotgan ikkita tanker xuddi shunday qilgan.

"Tankerlar Eron qurolli kuchlari tomonidan ortga qaytarildi. Hindiston kompaniyasiga tegishli Meda kemasi shanba kuni kechqurun BAA qirg‘oqlarini tark etgan. Xitoy kompaniyasiga tegishli G Summer kemasi esa Kuvaytdan yo‘lga chiqqan. Ammo ikkala kema ham Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirmasdan, Eronning Lark orolidan janubroqda ortga burilgan. Avvalroq bu kemalar Eron suyultirilgan tabiiy gazini tashigani uchun AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan edi", deb yozadi CNN.

Nashr, shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kecha Ho‘rmuzni qayta yopish haqidagi bayonotlaridan so‘ng, ushbu ikki kemadan boshqa hech bir kema bo‘g‘ozni kesib o‘tishga hatto urinib ham ko‘rmaganligini qayd etgan.

Kiritildi: 22:06 19.04.2026. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!