Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampni Eron bilan urushga Netanyahu "tortib kirdi"

Trampni Eron bilan urushga Netanyahu "tortib kirdi"

AQSh sobiq vise-prezidenti Kamala Xarris xayriya tadbiridagi chiqishida Donald Trampni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron bilan urushga "tortganini" ta’kidladi.

"Ochig‘ini aytaylik — u AQSh xalqi xohlamagan urushga kirdi va amerikalik harbiylarni xavf ostiga qo‘ydi", — dedi Xarris.

​Tramp bu ayblovlarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi, biroq ijtimoiy tarmoqlarda Isroilni "buyuk ittifoqchi" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqalardan farqli o‘laroq, Isroil qiyin damlarda Qo‘shma Shtatlarga sodiqligini isbotlagan, ular "jasur, aqlli va qanday qilib G‘ALABA QOZONISHNI bilishadi".

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!