Eron qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Amir Xatamiy mamlakat harbiylari AQSh va Isroilga qarshi “oxirgi nafasigacha” jang qilishga tayyorligini bildirdi.
Al Jazeera xabariga ko‘ra, u Eron armiyasi kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida mamlakat qo‘shinlari dushmanga qarshi so‘nggi nafasigacha qarshilik ko‘rsatishini aytgan.
Xatamiyning ta’kidlashicha, harbiylar qurolini shay holda ham jangga, ham qurbonlikka tayyor turadi.
Shuningdek, u Eron o‘z suverenitetini himoya qilish uchun quruqlikda, havoda va dengizda kurashni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.