Turkiya g‘arbidagi Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostidan chiqarib olingan keksa kishi shifokorlarning urinishlariga qaramay vafot etgan. Vayron bo‘lgan bino vayronalari ostidan yana bir necha kishi qutqarib olindi, jami 29 kishi tan jarohati oldi.
Vazir tabiiy ofat hududida ikki kun qolishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, zilzila kuchi 6,1 magnitudani tashkil etgan, episentri 11 km chuqurlikda joylashgan.