Transport vazirligi ma’lum qilishicha, bu masala yaqinda Istanbul–Seul reysida yuz bergan holatdan so‘ng muhokamaga qo‘yilgan.
Ushbu holatda Asiana Airlines samolyotidagi yo‘lovchi salonda portativ quvvatlagichini yo‘qotib qo‘ygani sababli, 3 soat o‘tib, samolyot orqaga qaytarilgan. Qurilma yong‘in xavfi tug‘dirishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.