Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Afg‘onistonga 25 tonna gumanitar yordam jo‘natadi

Turkiya Afg‘onistonga 25 tonna gumanitar yordam jo‘natadi

Turkiya Afg‘onistonda sodir bo‘lgan dahshatli zilzila fonida unga gumanitar yordam yubordi.

TRT Haber telekanali xabar berishicha, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi, Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Turk Qizil yarim oy jamiyati koordinasiyasida tayyorlangan 25 tonnalik insonparvarlik yordami Kayseridagi Erkilet aeroportidan havo kuchlariga tegishli samolyot bilan mintaqaga yetkazildi.

U boshpana materiallari, gigiyena vositalari, oziq-ovqat paketlari va boshqa zarur narsalarni o‘z ichiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatida 31 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan 6,0 magnitudali zilzila oqibatida 1400 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 3100 dan ortiq kishi jarohatlangan, 5412 dan ortiq uy vayron bo‘lgan. Voqeadan so‘ng Kobul Anqaradan yordam so‘ragan.

Kiritildi: 08:30 04.09.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!