Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Qozog‘istonning yetakchi muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Qozog‘istonning yetakchi muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

2026 yil 3 mart kuni Astana shahrida Turk madaniyati va merosi fondi hamda Qozog‘iston Respublikasining yetakchi ilmiy, innovasion va texnologik muassasalari — "National Information Technologies JSC" (NITEC AJ), "Astana International University" va "Astana Hub" o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumga Aktoti Raimqulova — Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor; Serik Irsaliyev — Astana International University prezidenti, doktor; Shing‘is Orazalimov — NITEC AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari (elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha); hamda Ilyas Makashev — Astana Hub bosh direktorining maslahatchisi janob Ilyas Makashev imzo chekdi.

Memorandum doirasida tomonlar ta’lim, innovasiya va texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek turkiy dunyoning boy madaniy merosini tadqiq etish, asrab-avaylash va targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Imzolangan memorandum turkiy dunyoning texnologik va madaniy salohiyatini birlashtirish, shuningdek tomonlar o‘rtasidagi institusional hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 19:19 06.03.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!