Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Turkiston jadidchilik harakati asoschisining tavallud kuni nishonlanadi

Turkiston jadidchilik harakati asoschisining tavallud kuni nishonlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025 yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi belgilangan.

Shuningdek, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan:

▪️mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

▪️2025 yil oktyabr oyida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

▪️2025 yil noyabr oyida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasini o‘tkazish.

Kiritildi: 11:20 19.01.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!