Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Turk klubi Levandovskiga yiliga 20 million yevro maosh taklif qildi

Turk klubi Levandovskiga yiliga 20 million yevro maosh taklif qildi

«Fenerbaxche» prezidenti lavozimiga nomzod Hakan Safi kuchli saylovoldi qadamini tashladi. U jamoaga «Bavariya» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi Robert Levandovskini taklif qilmoqchi. Polyak hujumchisi shartnomasi yakunlanganidan so‘ng Kataloniya klubini tark etgan edi. Avvalroq unga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Meczyki.pl ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovski Safidan yillik maoshi 20 million yevroni tashkil etuvchi shartnoma taklifini allaqachon olgan. Hozircha 37 yoshli futbolchi na rozilik, na rad javobini bergan. Ehtimol, u shu hafta bo‘lib o‘tadigan saylov natijalarini kutayotgan bo‘lishi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda Levandovski 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!