Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi o‘z muxlislari uchun 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlariga bepul chiptalar tarqatishni boshladi, deya xabar bermoqda mamlakatning AQShdagi elchixonasi sahifasida.
The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qaror FIFA ning jahon chempionati o‘yinlariga muxlislar tashrifi past bo‘lishi mumkinligi borasidagi xavotirlari sababli qabul qilingan.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.