Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda o‘qituvchi talaba va uning tanishini o‘ldirdi

Toshkentda o‘qituvchi talaba va uning tanishini o‘ldirdi

O‘qituvchi rashk sabab 2004 yilda tug‘ilgan talaba qiz va uning tanishi bo‘lgan 1975 yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini pichoqlagani aytilmoqda.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 1998 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi tomonidan sodir etilgan qotillik oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Zamon.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 21 may kuni Toshkent davlat jahon tillari universitetida o‘rindoshlik asosida ishlovchi 1998 yilda tug‘ilgan erkak rashk sababli 2004 yilda tug‘ilgan talaba qiz va uning tanishi bo‘lgan 1975 yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosiga pichoq bilan hujum qilgan.

Hodisa oqibatida Xitoy fuqarosi voqea joyida vafot etgan, talaba qiz esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilib, 23 may kuni vafot etgan. Talaba qiz universitetning talabalar turar joyida yashagan.

Holat yuzasidan Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 21:25. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!