Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi ukrainalik yarim himoyachi Aleksandr Zinchenkoning siyosiy pozisiyasi tufayli uning transferidan voz kechdi.
Futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi post joylaganida, muzokaralar ancha rivojlangan bosqichda edi.
Bu Turkiyadagi ba’zi jamoalarga yoqmadi, ukrainalikning o‘ziga esa arablar tahdid qila boshladi, deb yozadi FF TV.
Shundan so‘ng, klub Zinchenko bilan bog‘lanish fikridan qaytdi, u ham tahdidlar fonida transferdan bosh tortdi.
28 yoshli ukrainalikning transfer narxi 28 mln yevroni tashkil etadi. U 2025/2026 yilgi mavsumda Londonning "Arsenal" klubi safida hali birorta o‘yinda maydonga tushmagan.