Kelgusi 3 yil ichida mehmonxona va turizm maskanlari qurish uchun jami 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi.
Asosiy yangiliklar:
➖ tadbirkorlar yer sotib olish uchun to‘lov qilmaydi, bu summa bilan davlat loyihaga ulushdor bo‘ladi;
➖ tadbirkorlar 10 yil ichida bu ulushni qayta sotib olish huquqiga ega;
➖ agar yer qiymati boshida to‘lansa – 20% chegirma beriladi;
➖ mehmonxona qurish uchun 7 yilgacha imtiyozli kredit ajratiladi (2 yillik imtiyozli davr bilan):
Viloyat markazlari va 36 ta turizm tumanida – 30 mlrd so‘mgacha;
Boshqa hududlarda – 10 mlrd so‘mgacha.
➖ davlat ob’ektlari va xususiy binolarni sotib olib mehmonxonaga aylantirayotgan tadbirkorlar ham subsidiyadan foydalanishi mumkin.
Turistik yig‘im: endi Toshkent, viloyat markazlari va yirik turistik hududlardan tashqari mehmonxonalar bu yig‘imni to‘lamaydi.