Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turistlar uchun Tramp kabineti nusxasi yaratildi

Turistlar uchun Tramp kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

U Oq uy yonidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirilgan. Endilikda tashrif buyuruvchilar AQSh prezidentining ish joyi nusxasi bilan tanishishi mumkin. Haqiqiy kabinetga kirish esa cheklangan. Muzeydagi nusxa ham oltin hoshiyali ulkan portretlar bilan bezatilgan.

Boshqaruv direktori Lyuk Buradi rahbarligida muzeyda yarqirab turuvchi vazalar, oltinrang bezaklar, turli dekorativ buyumlar va 24 ta portretning nusxalari yaratilgan. Portretlar uchun ramkalar ham asl nusxalarga aynan moslab tayyorlangan.

Malakali dizaynerlar jamoasi prezident yo‘qligida Oval kabinetiga tashrif buyurib, u yerdagi buyumlarni o‘rgangan. Shimoliy Karolinadan kelgan mutaxassislar kabinetdagi devor bezaklarining nusxalarini yaratish ustida ishlagan. Yana bir mutaxassis boshqa buyumlarni 3D skanerlash va chiqarish bilan shug‘ullangan.

Kaliforniyalik ustalar Tramp tanlagan 24 ta portret uchun oltin ramkalarni qo‘lda o‘yib yasagan. Shuningdek, muzeyda AQSh prezidentining hozirgi kabinetidagi kabi ikkita ko‘zgu va Mustaqillik deklarasiyasining nusxasi ham mavjud.

Kiritildi: 23:55 08.10.2026. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!