Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

To‘raqo‘rg‘on IES tez orada yana elektr energiyasini uzata boshlaydi – vazirlik

To‘raqo‘rg‘on IES tez orada yana elektr energiyasini uzata boshlaydi – vazirlik

Namangandagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda qayta ishga tushiriladi va u yana elektr energiyasini uzata boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, stansiyasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi magistral gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni maxsus brigada bartaraf etmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari bugun, soat 18:00ga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qisqa fursatda ishga tushirilib, elektr energiyasini uzata boshlaydi”, - deyilgan xabarda.

Hozir yo‘qotilgan quvvatni tiklash uchun Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo IESlari hamda Chorvoq gidroelektr stansiyasidagi zaxira energobloklar ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘raqo‘rg‘on IES faoliyati favqulodda to‘xtatilgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 17:15 17.08.2022. O'qildi: 2188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!