Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xalqqa murojaatida yaqin istiqboldagi ish rejalari haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi Tengrinews.
Davlat rahbarining aytishicha, yil oxirida u Rossiya va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Shuningdek, Ostonada Ozarboyjon, Armaniston va Turkmaniston rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Osiyo va Yevropaning qator davlatlari rahbarlari bilan muzokaralar ham rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, To‘qayev tez orada Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida nutq so‘zlaydi. Prezident Qozog‘istonning xalqaro vaziyatga qarashini va BMTni isloh qilish bo‘yicha takliflarini taqdim etishini ma’lum qildi.