Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Sidneyda hujum sodir etganlar ota-bola bo‘lib chiqdi

Sidneyda hujum sodir etganlar ota-bola bo‘lib chiqdi

Sidneyda 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 40 kishi yaralangan teraktni sodir etganlar ota va o‘g‘il ekanligi aniqlandi.

Bu haqda Yangi Janubiy Uels polisiyasi komissari Mal Lenyon matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Bondi plyajiga hujum qilganlar Sidney janubi-g‘arbida joylashgan Bonnirigg shahrining ikki nafar fuqarosi bo‘lgan. Xabar qilinishicha, “qo‘lga olish chog‘ida 24 yoshli yigit og‘ir tan jarohati olgan, uning 50 yoshli otasi esa o‘ldirilgan”.

"Hujumga aloqador kimdir kechagi voqeani rejalashtirganiga ishora yo‘q", dedi Lenyon, shuningdek, hujumchilardan biri "lisenziyalangan o‘qotar qurol egasi bo‘lgan va taxminan 10 yil davomida qonuniy ravishda o‘qotar qurolga egalik qilgan".

Kiritildi: 08:40 15.12.2025. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!