Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tinchlik o‘rnatishdagi yutuqlari uchun AQSh prezidenti Donald Tramp nomidagi mukofotni ta’sis etishni taklif qildi.
U bu taklifni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Tinchlik Kengashining birinchi yig‘ilishida bildirgan.
“Men Prezident Trampning tinchlik o‘rnatishdagi ulkan sa’y-harakatlari va yutuqlarini e’tirof etish uchun uning nomidagi maxsus Tinchlik Kengashi mukofotini ta’sis etishni taklif qilmoqchiman. Ishonchim komilki, Sizning rahbarligingiz ostida Tinchlik Kengashi o‘zining buyuk va olijanob vazifasini muvaffaqiyatli bajaradi”, dedi To‘qayev.