Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Rossiya bilan NATO bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qildimi?

AQSh Rossiya bilan NATO bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qildimi?

Zelenskiy AQSh Rossiya bilan NATO bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qilayotganini ma’lum qildi

Ukraina prezidentining aytishicha, amerikaliklar hamda ba’zi yevropaliklar Rossiya bilan mazkur kelishuvni muhokama qilmoqda.

"Ular bu hujjatga doir barcha masalalar haqida gaplashishlari mumkin. Lekin men uchun muhim bo‘lgan narsa shuki, ular NATO'dagi potensial o‘rnimizni rossiyaliklar bilan emas, biz bilan muhokama qilishlari kerak. Chunki bu mavzu bizga aloqador", — deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti,

Zelenskiy, shuningdek, Jenevadagi uch tomonlama uchrashuvga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar harbiy yo‘nalishda muzokaralarni yakunlashga yaqinlashganlar. Harbiylar o‘q uzishni to‘xtatishni monitoring qilish missiyasini qanday ishlab chiqish haqida gaplashishgan va texnik tafsilotlarni muhokama qilishgan.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!