Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

To‘qayev mintaqadagi o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazishni taklif qildi

To‘qayev mintaqadagi o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining 8-maslahat uchrashuvida mintaqa ichidagi savdo hajmini hozirgi 13 milliard dollardan 20 milliard dollarga oshirish taklifini ilgari surdi.

U hukumatlarni o‘zaro savdoni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga, savdo-logistika markazlarini rivojlantirish, sanoat kooperasiyasi va transport aloqalarini mustahkamlashga chaqirdi.

To‘qayev, shuningdek, O‘rta koridorning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlab, uni TRIPP tashabbusi bilan integrasiya qilish masalasini muhokama etishni taklif qildi. Uning aytishicha, infratuzilma loyihalari amalga oshirilsa, 2040 yilga borib Kaspiy dengizi orqali yuk tashish hajmi to‘rt barobarga oshishi mumkin.

Qozog‘iston prezidenti mintaqa oldidagi muhim muammolardan biri sifatida transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni qayd etdi. U BMT homiyligida Xalqaro suv tashkilotini tuzish tashabbusini ham ilgari surdi.

Kiritildi: 07:02 09.10.2026. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!