Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

To‘qayev: "Hozirgi dunyodagi vaziyat Sovuq urush davridagidan ham murakkab"

To‘qayev: "Hozirgi dunyodagi vaziyat Sovuq urush davridagidan ham murakkab"

Tartibsiz migrasiya oqimlari Yevropa mamlakatlari xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazdi, BMTning nufuzi keskin pasaydi, hozirgi dunyodagi vaziyat esa Sovuq urush davridagidan ham murakkablashdi.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi asossiz va mantiqsiz ayblovlar, yashirin qarama-qarshiliklar kuchaydi, yetakchi jahon davlatlari o‘rtasida esa o‘zaro ishonchning umumiy inqirozi yuzaga keldi».

«Nazoratsiz va tartibsiz migrasiya oqimlari sezilarli darajada ko‘paydi. Bu Yevropa mamlakatlarining bir qator xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazganiga o‘zimiz guvoh bo‘ldik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzi keskin pasaymoqda, xalqaro huquqning ahamiyati esa sezilarli darajada kamaydi», — dedi u.

To‘qayevning qo‘shimcha qilishicha, dunyodagi voqealarni oldindan bashorat qilish ko‘plab siyosatchilar va ekspertlar uchun hal etib bo‘lmaydigan vazifaga aylangan.

«Butun jahon hamjamiyati silkinishlar davrida yashayotganini aytish mubolag‘a bo‘lmaydi. Hatto Sovuq urush davrida ham bu qadar murakkab va oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyat kuzatilmagan», — dedi u.

To‘qayev aynan shunday sharoitda Qozog‘iston mamlakatda chuqur islohotlarni amalga oshirishni boshlaganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu jahon miqyosida «nihoyatda kam uchraydigan hodisa» hisoblanadi.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti mamlakat suverenitetini mustahkamlashga chaqirdi.

Kiritildi: 20:55 28.10.2026. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!