Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

To‘qayev bolalarga ijtimoiy tarmoqni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

To‘qayev bolalarga ijtimoiy tarmoqni cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

To‘qayev bu haqda 28 avgust kuni Qozog‘istonning yangi bir palatali parlamenti — Qurultoyning birinchi sessiyasi ochilishida ma’lum qildi. U hukumat tomonidan tayyorlangan tegishli qonun loyihasini ustuvor tartibda ko‘rib chiqishni deputatlarga taklif qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, qonun qabul qilinsa, uni amalga oshirish mexanizmlari ham puxta ishlab chiqilishi kerak. Asosiy maqsad — bolalar uchun xavfsiz axborot muhitini yaratish.

Shuningdek, To‘qayev onlayn-platformalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka ham alohida e’tibor qaratish, axborot makonida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini aytdi.

Hozircha mazkur cheklov kuchga kirgani yo‘q — u qonun loyihasi sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqilishi kerak.

Kiritildi: 17:05 28.08.2026. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!