Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tungi reyd tadbirida qarzdor korxonaning avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

Tungi reyd tadbirida qarzdor korxonaning avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

FIB Quva tumanlararo sudining 25.04.2024 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor "I.B.G." MCHJdan undiruvchi "Madad Invest Bank" foydasiga jami 885 mln so‘m qarz undirish haqidagi ijro ishi Byuroning Quva tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng qarzdor MCHJga qarz summalarini ixtiyoriy qoplashi uchun qonun talabi asosida muddat berilgan.

Biroq, qarzdorga Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdor katta miqdordagi qarz summalarini undiruvchi foydasiga qoplab bermaganidan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Jumladan, qarzdorga tegishli bo‘lgan" HOVO " rusumli transport vositasiga band solinib, qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruvdagi mazkur transport vositasi ayni kunlarda Byuroning Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimdlari tomonidan o‘tkazilayotgan tunggi reyd tadbirlari davomida Farg‘ona tumani “Avval” MFY ko‘chalarida harakatlanayotgan paytida ushlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borish uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Kiritildi: 18:18 09.07.2024. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!