Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Chechenistonda Rossiya gvardiyasining kolonnasi otib tashlandi

Chechenistonda Rossiya gvardiyasining kolonnasi otib tashlandi


Payshanba kuni Checheniston poytaxti Grozniy yaqinida Rossiya gvardiyasi kolonnasiga hujum uyushtirildi.

Otishma natijasida bir xodim halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.

Ma’lumotni Rossiya xavfsizlik tuzilmasi matbuot xizmati tasdiqladi, deya xabar beradi Interfaks agentligi.

«Hujumchilarni qidirish va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda», - dedi Rossiya Milliy gvardiyasi tafsilotlarga kirmasdan.

Rossiya maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan BAZA telegram kanalining xabar berishicha, voqea 24-oktabr kuni tushga yaqin Grozniy viloyatida joylashgan Petropavlovskaya qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Rossiya gvardiyasi - bu Rossiya Federasiyasining ichki qo‘shinlari (boshqa mamlakatlardagi jandarmeriyaga o‘xshash), ular bevosita mamlakat prezidentiga bo‘ysunadi. Xavfsizlik tuzilmasi 2016 yilda shakllangan.


Kiritildi: Bugun 14:31. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!