Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Putin Rossiyadagi KXDR harbiylari haqida gapirdi

Putin Rossiyadagi KXDR harbiylari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRICS sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida KXDR harbiylari Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya hududiga kelgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

NBC News jurnalisti Putindan Rossiyadagi KXDR qo‘shinlari aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida so‘radi. «Ular u yerda nima qilyapti va bu Ukrainadagi urushning yanada keskinlashishiga olib kelmaydimi?», deb so‘radi muxbir.

«Rasmlar — jiddiy narsa. Agar fotosuratlar bo‘lsa, ular nimanidir aks ettiradi. Sizning e’tiboringizni Ukrainadagi keskinlashuvga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014 yilgi davlat to‘ntarishi sabab bo‘lganiga qaratmoqchiman, bu birinchi navbatda, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Keyin esa ular Ukrainadagi mojaroni Minsk kelishuvlari orqali tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi ekanini aytib, bizni 8 yil davomida aldashdi», dedi Putin.

KXDR bilan munosabatlar mavzusiga qaytgan Putin 24 oktyabr kuni Davlat Dumasi KXDR bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilganini eslatdi.

«Unda 4-modda bor. KXDR rahbariyati kelishuvlarimizni jiddiy qabul etishiga hech qachon shubha qilmaganmiz. Ammo nima va qanday qilishimiz - bu modda doirasidagi o‘zaro ishimiz. Birinchidan, biz ushbu 4-moddani amalga oshirish bo‘yicha tegishli muzokaralar olib borishimiz kerak, ammo biz shimoliy koreyalik do‘stlarimiz bilan aloqadamiz va bu jarayon qanday rivojlanishini ko‘ramiz», dedi Putin.

«Rossiya va KXDR o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida»gi shartnomaning 4-moddasida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

«Agar Tomonlardan biri biror davlat yoki bir necha davlat tomonidan qurolli hujumga uchrasa va shu tariqa urush holatiga tushib qolsa, boshqa Tomon zudlik bilan BMT Nizomi 51-moddasiga va Rossiya Federasiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, o‘z ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalar bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatadi».

Avvalroq, Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSh Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyada ekani haqida dalillar olganini aytdi. «Ular nima qilishyapti? Biz faqat taxmin qilishimiz mumkin. Buni aniqlashimiz kerak», dedi Ostin.

Kiritildi: 23:55 24.10.2024. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!