Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Manchini Saudiya Arabistoni milliy jamoasidan iste’foga chiqarildi

Manchini Saudiya Arabistoni milliy jamoasidan iste’foga chiqarildi

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi Roberto Manchini iste’foga chiqarilgani haqida rasman e’lon qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Saudiya futbol federasiyasi italiyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Manchini milliy jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli iste’foga chiqarilgan. OAVga ko‘ra, Manchiniga to‘lanadigan tovon puli miqdori 25 mln yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Manchini 2023 yilning avgust oyida Italiya milliy jamoasini tark etgach, saudiyaliklar ustoziga aylangandi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2026 3-saralash bosqichidagi so‘nggi 4 o‘yindan faqat 1 tasida g‘alaba qozondi va 5 ochko bilan guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhdan dastlabki ikki o‘rin egasi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

Avvalroq, Manchinining o‘rniga federasiya «Al Hilol»ning sobiq ustozi Ramon Dias va Saudiya Arabistoni milliy jamoasini 2019-2023 yillarda boshqargan Erve Renar nomzodlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 23:59 24.10.2024. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!