Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi

Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu chorshanba kuni Livandagi “Hizbulloh” jangarilari jip va raketalar yordamida Isroilga yer osti tunnellari orqali hujum qilishga urinayotganini oshkor etganini ma’lum qildi.

Fransiyaning CNews va Europe 1 telekanallariga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri bu hujum muvaffaqiyatli bo‘lsa, o‘tgan yilgi XAMAS hujumidan ko‘ra kuchliroq bo‘lishini bashorat qildi.

“Biz chegaradan 100-200 metr masofada Isroilga bostirib kirish uchun tayyorlanayotgan tunnellarni topdik. Bu 7 oktyabrdagi hujumdan ham kattaroq hujum bo‘lardi”, – dedi Netanyaxu.

Eslatib o‘tamiz, bugun Isroil Suriya poytaxti Damashq va bu davlat g‘arbidagi Xoms shahri yaqinidagi harbiy ob’ektlarga zarba berdi.

Damashqning markaziy tumani Kafr Susa mahalliy vaqt bilan soat 3:40 da zarba bergan. Yana bir zarba Xoms viloyatidagi harbiy ob’ektga berildi.

Suriya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumi oqibatida bir askar halok bo‘lgan, yetti nafari yaralangan. Shuningdek, turli moddiy yo‘qotishlar bo‘lgan.

Kiritildi: 23:10 24.10.2024. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!