Bugun 18 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Hizbullohdan aniq zarba: Isroil katta yo‘qotishlarga uchradi

Hizbullohdan aniq zarba: Isroil katta yo‘qotishlarga uchradi

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livanning "Hizbulloh" harakatining Livan janubidagi Isroil pozisiyalariga raketa zarbasi oqibatida besh nafar isroillik harbiy halok bo‘lganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar sakkizinchi zaxira bronetank brigadasida xizmat qilgan. Bundan tashqari, yana 19 nafar Isroil harbiylari yaralangan, to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.

SAXAL xabariga ko‘ra, "Hizbulloh" jumaga o‘tar kechasi Isroil harbiylari qurol-yarog‘larni tushirayotgan ob’ektga raketa uchirdi.

Kiritildi: 18:30 25.10.2024. O'qildi: 4641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!