Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Lukashenko: "Putin buni mening ruxsatimsiz qildi"

Lukashenko: "Putin buni mening ruxsatimsiz qildi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil fevral oyida belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni Belarus hududidan Ukrainaga hujum qilmoqchi ekani haqida ogohlantirmagan edi. Bu haqda Lukashenko BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bir necha ming rossiyalik askar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Putin bu qo‘shinlarni Belarus janubida joylashgan joydan, yo‘l bo‘ylab, Ukraina bilan chegara bo‘ylab olib chiqishni boshladi. Qaysidir paytda u bu qo‘shinlarning bir qismini Kiyevga yo‘naltirdi. Ishonchim komilki, ularni provokasiya qilishgan," - dedi Lukashenko.

Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlarining Belarus hududidan qanday chiqib ketishi faqat Putinga bog‘liq edi. U buni Kiyev yoki Minsk orqali amalga oshirishi mumkin edi, deb ta’kidladi Lukashenko. Jurnalist shu paytda Belarus prezidenti nima bo‘layotganini aniqlash uchun Putinga qo‘ng‘iroq qilmaganmi, deb so‘radi. "Yo‘q. U menga qo‘ng‘iroq qilmadi. Men ham unga qo‘ng‘iroq qilmadim. Bu uning qo‘shinlari va u ularni xohlagan joyiga olib chiqish huquqiga ega," - deb javob berdi Lukashenko.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!