Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Transportlarni jarima maydonidan onlayn tarzda chiqarish imkoni yaratiladi

Transportlarni jarima maydonidan onlayn tarzda chiqarish imkoni yaratiladi

Avtomototransportlarni jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (208-son, 28.04.2026 y.) bilan «Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamenti» tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Davlat xizmati quyidagilardan biri orqali ko‘rsatiladi:

- YAIDXP (my.gov.uz);

- Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi;

- Davlat xizmatlari markazlari.

Murojaat qiluvchi YAIDXP (my.gov.uz) yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

So‘rovnomaga kiritilgan murojaat qiluvchi ma’lumotlarining haqqoniyligi avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.

Vakolatli organ murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilarni tekshiradi:

- avtomototransportni jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilgani;

- yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilingani.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, yuqoridagilar tasdiqlanganda, murojaat qiluvchiga YAIDXP yoki mobil ilova orqali 1 ish kuni ichida avtomototransportni jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.

Kiritildi: Bugun 20:01. O'qildi: 150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!