AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social platformasida Eron AQShdan Xormuz bo‘g‘ozini ochishni so‘raganini ma’lum qildi.
Uning yozishicha, Vashington Eron portlariga kirish va chiqishni 13-apreldan boshlab cheklaganidan keyin vaziyat yanada keskinlashgan.
Trampning ta’kidlashicha, Eron hozirda “tanazzul holatida” va ichki rahbarlik muammolarini hal qilishga harakat qilmoqda. Shu sababli Tehron AQShdan Xormuz bo‘g‘ozini tezroq ochishni talab qilgan.
Eron uchun Xormuz bo‘g‘ozi muhim strategik yo‘l hisoblanadi: u orqali kunlik millionlab barrel neft eksport qilinadi. AQSh cheklovlari joriy etilganidan keyin eksport hajmi keskin kamaygan.
Hozirda Vashington va Tehron o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, ammo yadroviy dastur va mintaqaviy masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli jarayon to‘xtab qolgan.