Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tashiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi “maxfiy” tasnifi ostida sudga oshirildi

Tashiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi “maxfiy” tasnifi ostida sudga oshirildi

Bu haqda uning advokati Ikromiddin Aytqulov ma’lum qildi.

"Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Qamchibek Tashiyevga nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. Ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudiga yuborilgan. Mazkur ishda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari bilan birga yana yetti nafar ayblanuvchi ishtirok etmoqda", — dedi advokat.

Tashiyev “Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitusiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar” va “Mansab vakolatini suiiste’mol qilish” moddalari bilan ayblangandi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi maxfiylashtirilgan. Shu sababli sud majlislari yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tadi. Tergov va sud ma’lumotlarini oshkor qilish qat’iyan taqiqlandi.

Shu yilning 10 fevralida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etdi. Japarov Tashiyevning yaqin atrofidagi odamlar deputatlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni “general tomoniga o‘tish” va “yangi prezidentlik saylovini boshlash”ga chaqirganini aytgandi.

Qamchibek Tashiyev ishdan olinganida xorijda davolanayotgan edi. U o‘z iste’fosini “kutilmagan qaror” deb atagan. Qirg‘iziston prezidenti esa bu ularning do‘stligiga ta’sir qilmasligini aytgan va endilikda Tashiyev davlat xizmatida ishlamasligini ta’kidlagandi.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!