Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Eronga ko‘plab maxfiy zarbalar bergan, ammo....

Saudiya Arabistoni Eronga ko‘plab maxfiy zarbalar bergan, ammo....

28 fevralda AQSh va Isroil tomonidan boshlangan Eronga qarshi urush davomida Saudiya Arabistoni Tehronga qarshi ko‘plab harbiy zarbalar yo‘llagan. Bu haqda vaziyatdan xabardor ikki g‘arblik va ikki eronlik mulozimga tayanib Reuters xabar berdi.

"Ilgari xabar qilinmagan ushbu hujumlar Saudiya Arabistonining Eron hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bergan ilk harbiy zarbalari sifatida baholanmoqda. Bu holat qirollik o‘zining asosiy raqibiga qarshi mudofaada ancha dadillashganini ko‘rsatadi", deyiladi xabarda.

G‘arb amaldorlarining aytishicha, Saudiya Arabistoni Harbiy-havo kuchlari bu hujumlarni mart oyi oxirida amalga oshirgan. Manbalardan biri buni qirollikka berilgan zarbalarga “javob hujumi” deb atadi.

Eronlik va g‘arblik rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya o‘z zarbalari haqida Eronni oldindan xabardor qilgan. Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan.

Avvalroq BAA ham Eronga harbiy zarbalar bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Saudiya Arabistoni va BAAning Eron bo‘yicha yondashuvi turlicha. BAA qat’iyroq pozisiyada bo‘lsa, Saudiya Arabistoni Tehron bilan doimiy aloqada bo‘lib, keskinlikni kamaytirishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:43. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!