Ukraina Prokuraturasi pul yuvishga doir jinoiy ish yuzasidan Yermakni hibsga olishni talab qilmoqda.
Bu haqda Ukraina Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi (“SAP”) rahbari Aleksandr Klimenko matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prokuratura Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbarini ozodlikka chiqarish evaziga 180 million grivna (taxminan to‘rt million dollar) miqdorida garov puli belgilashni so‘raydi.
Matbuot anjumanida korrupsiyaga qarshi kurash organlari rahbarlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tergovda gumonlanuvchi sifatida "ko‘rilmagani va ko‘rilmayotganini" ma’lum qilishdi.
O‘z navbatida, sobiq mudofaa vaziri, mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining amaldagi kotibi Rustam Umerov dronlar va qurol-yarog‘ sotib olish bo‘yicha alohida ish doirasida guvoh sifatida so‘roq qilingani bildirildi.