Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xantavirus O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli?

Xantavirus O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli?

Ushbu savolga Sanepidqo‘m raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov javob berdi.

▪️Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bu infeksiya koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas hamda mutaxassislar fikricha, global pandemiyani yuzaga keltirmaydi.

▪️Xantavirus ko‘pincha kemiruvchilar orasida uchraydi, odamlarga kam hollarda yuqadi.

▪️Dunyoda xantavirusga qarshi maxsus vaksina ishlab chiqilmagan. Davolash protokoli ham yo‘q. Muolaja, simptomatik, ya’ni bemordagi belgilarga qarab olib boriladi.

▪️Ushbu kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak va qorin sohasida og‘riq kabi klinik belgilar bilan kechishi mumkin.

▪️Virusdan saqlanish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, yashash va ish joylari ozodaligiga e’tibor qaratish, omborxona va yopiq xonalarni muntazam shamollatish lozim.

Kiritildi: Bugun 07:04. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!