Bu haqida The Telegraph xabar berdi.
"Vashington tomonidan taklif qilingan shartnomaga ko‘r, AQSh va Ukraina qo‘shma investisiya jamg‘armasini tuzishi kerak, bu mojarodagi dushman tomonlar Ukrainani tiklashdan foyda ko‘rmasligini kafolatlash uchun mo‘ljallangan. Bitim, shuningdek, portlardan tortib neft va gazgacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oladi", deb yozadi nashr.
Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlar Ukrainada qazib olinayotgan resurslardan tushadigan daromadlarning 50 foizini, shuningdek, uchinchi tomonlarga beriladigan barcha yangi lisenziyalarning 50 foiz qiymatini olishini istaydi.
Maqolada yozilishicha, Volodimir Zelenskiy dastlab AQShga Ukrainadagi resurslardan imkoniyatini berish g‘oyasini o‘zi taklif qilgan, biroq u odatda urushda mag‘lub bo‘lgan davlatlarga qo‘yiladigan shartlar bilan to‘qnash kelishini kutmagan.