AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Ukraina tomonidan Oliy Radaning “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi rahbari David Araxamiya va ombudsman Dmitriy Lubines ishtirok etdi. Ular Melaniya Trampga I darajali “Knyaginya Olga” ordenini topshirdi.
"Prezident Zelenskiy va Ukraina xalqiga rahmat", — dedi Melaniya Tramp.
Rossiya tomonidan esa prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev va ombudsman Yana Lantratova qatnashdi. AQShning birinchi xonimi har ikki davlat vakillariga Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyga atalgan maktublarni topshirdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi Xerson viloyatidagi Oleshki shahrida o‘tkazilgan gumanitar amaliyot bo‘ldi. Ushbu amaliyot davomida bir necha yuz kishi evakuasiya qilindi. Jarayon Lantratova va Lubinesning bevosita ishtirokida, Melaniya Trampning vositachiligida tashkil etilgan. Evakuasiya davomida vaqtinchalik otashkesim e’lon qilinib, unga bir necha kun rioya etildi.
Melaniya Tramp mazkur amaliyot kengroq tinchlik jarayoni sari dastlabki qadam bo‘lishiga umid bildirdi.