Trampning qarori Ukrainaning Kursk viloyatidagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Politico nashrining yozishicha, AQSh razvedka ma’lumotlaridan mahrum bo‘lish Ukraina Qurolli Kuchlarining (UQK) Kursk viloyatidagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sababchisi bo‘ldi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika tomonidan ma’lumotlar yetkazib berishning to‘xtatilishi natijasida Rossiya mintaqada ustunlikka erishdi va bu unga yorib o‘tishga imkon berdi. Maqola muallifi ta’kidlashicha, ma’lumotlar yetishmasligi Ukraina harbiylarining jangovar ruhiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, jiddiy yo‘qotishlarga ham olib kelishi mumkin.
Politico xabar berishicha, Ukraina tomoni o‘z Qurolli Kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimi samaradorligi pasayganini qayd etmoqda. Ta’kidlanishicha, razvedka ma’lumotlari cheklangandan so‘ng, Ukraina tomoni Rossiyaning faqat yarmi raketalar va dronlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
3 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga ko‘rsatilayotgan barcha harbiy yordamni, jumladan, allaqachon yo‘lga chiqarilgan yordamni ham to‘xtatish haqida farmoyish berdi. 5 martda esa bu qaror razvedka ma’lumotlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ham taalluqli ekani ma’lum bo‘ldi. Natijada, Kiyevdagi harbiy shtabda bunday ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashda yordam ko‘rsatgan barcha g‘arblik mutaxassislar Ukrainani tark etdi.