Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28 fevral kuni Oq uydagi to‘qnashuvdan so‘ng amerikalik hamkasbi Donald Trampdan uzr so‘raganini AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News efirida ma’lum qildi.
"Zelenskiy prezidentga maktub yo‘lladi. U Oval kabinetda yuz bergan butun voqea uchun uzr so‘radi. Menimcha, bu muhim qadam bo‘ldi va bizning jamoalarimiz, shuningdek, ukrainaliklar va yevropaliklar o‘rtasida ko‘plab muzokaralar o‘tkazildi, ular ham bu muhokamalarga aloqador," - dedi u Ukraina prezidentining uzr so‘ragan murojaatini "ijobiy rivojlanish" deb baholagan holda (The Hill nashridan iqtibos).
Uitkoffning aytishicha, AQSH, Ukraina va Yevropa vakillari o‘rtasida ko‘plab muzokaralar bo‘lib o‘tgan, maxsus vakil buni ijobiy rivojlanish deb ta’riflagan. U yana shuni qo‘shimcha qildiki, endi Vashington Kiyev bilan xavfsizlik kafolatlari va hududiy masala kabi "unchalik murakkab bo‘lmagan masalalarni" muhokama qilishi muhim.