Bugun 11 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Yana qimmatchilik! Oziq-ovqat bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Yana qimmatchilik! Oziq-ovqat bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Dunyo bozorida oziq-ovqat narxi ko‘tarildi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO juma kuni global miqyosda yuzaga kelgan holat bo‘yicha e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, fevral oyida jahon bozorida shakar, sut mahsulotlari va o‘simlik yog‘i narxi oshgan.

Bu o‘tgan oydagidan 1,6 foiz, 2024 yil fevraliga nisbatan 8,2 foiz yuqori.

O‘sish asosan shakar qimmatlashishi bilan bog‘liq: uch oylik pasayishdan keyin yanvardan 6,6 foiz ko‘tarilish. Ayni vaziyat 2024/25 yilgi mavsumda global ta’minot kamayishi, xususan Hindistonda ishlab chiqarish istiqboli holati yomonlashishi, Braziliyadagi ekinlarga ta’sir ko‘rsatadigan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan.

Sut mahsulotlari

Sut mahsulotlari narxi yanvar oyiga nisbatan to‘rt foiz oshishi eksport qiluvchi hududlarda ishlab chiqarish miqdoriga nisbatan talab kuchayishi natijasida pishloq va quruq sut qimmatlashishi bilan izohlanadi.

O‘simlik moyi

Fevralda o‘simlik moyi narxi yanvardagidan ikki foiz, o‘tgan yilga nisbatan 29,1 foiz ko‘p ko‘tarildi. O‘sishni, asosan, janubi-sharqiy Osiyodagi mavsumiy ta’minot cheklovi va biodizel sektori kuchli talabi bilan izohlanadigan palma, soya va kungaboqar yog‘i ta’minlagan.

Yorma

Don 0,7 foiz qimmatlashgan. Bug‘doy narxi Rossiya Federasiyasidan yetkazib berish kamayishi, Sharqiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi iqlim sharoiti bilan bog‘liq xavotir tufayli ko‘tarildi. Jahon bozorida makkajo‘xori narxi o‘sishi davom etgach, holat Braziliyadan va Qo‘shma Shtatlardan eksportni kuchaytirish bilan qo‘llab-quvvatlandi. Aksincha, guruch global miqyosda eksport ko‘payishi va import talabi zaiflashuvi tufayli 6,8 foiz arzonladi.

Go‘sht mahsulotlari

Go‘sht narxi fevral oyida barqarorlashib, yanvarga nisbatan 0,1 foiz tushdi. Global parranda va cho‘chqa go‘shti narxi mo‘l-ko‘l ta’minot tufayli pasaygan bo‘lsa-da, qo‘y-qo‘zi va mol go‘shti qiymati barqaror saqlandi.

FAO don mahsulotlariga talab va taklif tahlilini ham e’lon qildi. Mutaxassislar bashoratiga ko‘ra, 2025 yil dunyo bo‘ylab bug‘doy yetishtirish 796 million tonnani tashkil etadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb bir foiz ko‘p. Bunga Yevropa Ittifoqi, ayniqsa bug‘doy ekish ommaviylashishi kutilayotgan Fransiya va Germaniyada kutilayotgan o‘sish rag‘bat beradi. Binobarin, Sharqiy Yevropadagi quruq sharoit va g‘arbiy mintaqalardagi ortiqcha yog‘ingarchilik kabi muammolar hosildorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Hisobotda ta’kidlanishicha, AQShda bug‘doy maydoni kengayishi kutilyapti. Faqat qurg‘oqchilik qishki ekinlarga ta’sir qilgani uchun hosildorlik biroz pasayishi mumkin.

Kiritildi: 20:36 10.03.2025. O'qildi: 1475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!