FSB agenti yig‘ilish paytida qo‘lga olindi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati strategik sohalar bo‘yicha vazir ko‘magida Ukraina davlat kosmik agentligida ishlagan FSBning yuqori lavozimli agentini fosh etdi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs maxfiy ma’lumotlarga, jumladan, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va Ukrainaning strategik korxonalari haqidagi ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan.
Kontrrazvedka va UXX tergovchilari Ukraina strategik sanoat vazirligida muhim mudofaa texnologiyalariga oid masalalar muhokama qilinayotgan yig‘ilish paytida "ko‘rsichqon"ni qo‘lga olishdi.
Ish materiallariga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bu agentni 2024 yilda o‘z safiga jalb qilgan. O‘shandan buyon Ukraina maxsus xizmati jinoyatchining harakatlari va uning rossiyalik kuratorlar bilan aloqalarini bosqichma-bosqich hujjatlashtirib kelgan.
U strategik ma’lumotlarni to‘plashdan tashqari, rossiyaliklarga Ukraina uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni ham yetkazib turgan.
Tergov aniqlashicha, agent Rostov-na-Donda istiqomat qiluvchi va rossiyaliklar bilan hamkorlik qilayotgan xotini orqali FSB bilan hamkorlikka rozi bo‘lgan. FSB tomonidan agentga yuklatilgan vazifalar harbiy-sanoat majmuasi ob’ektlari joylashgan joylar, navigasiya tizimlari, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida ma’lumot to‘plashni o‘z ichiga olgan. Yig‘ilgan ma’lumotlar Ukrainaning muhim strategik ob’ektlariga havo zarbalari berish uchun foydalanilishi kerak edi. Qo‘lga olingan shaxsdan tintuvda FSB bilan aloqa qilish uchun ishlatgan anonim chatlar va elektron pochtaga ega mobil telefoni musodara qilingan.
Jinoyatchiga mol-mulki musodara qilinib, umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.