Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampning maxsus vakillari Ukraina-Rossiya urushi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga bordi

Trampning maxsus vakillari Ukraina-Rossiya urushi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga bordi



AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner o‘tirgan samolyot 5 sentyabr kuni Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga qo‘ndi. Amerikalik muzokarachilarni Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev kutib oldi.

Uitkoff va Kushner Qo‘shma Shtatlarning Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish bo‘yicha bosh muzokarachilari hisoblanadi. Bir kun oldin Tramp ularning Moskvaga urushni to‘xtatish taklifini olib borayotganini e’lon qilgandi.

AQSh delegasiyasining Moskvaga tashrifi haqidagi xabarlar fonida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ularning safari chog‘ida Rossiya havo hududining normal ishlashini va’da qildi. Shuningdek, Zelenskiy Kiyevning Vashington bilan muzokaralari paytida Rossiyani havo zarbalarini to‘xtatishga chaqirdi.

Xabar berilishicha, Uitkoff hamda Kushner 5 sentyabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ertasi kuni amerikalik muzokarachilar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga yo‘l oladi.

Uitkoff va Kushner oxirgi marta Moskvaga shu yilning yanvar oyida tashrif buyurgan edi. O‘shanda ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgandi.

Kiritildi: 19:23 05.09.2026. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!