AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff shu hafta oxirida Rossiya poytaxtida bo‘ladi.
Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uiteker NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Prezident Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff shu hafta oxiri Moskvada bo‘lishini bilaman. Umid qilamanki, u Ukrainani tartibga solish jarayonida muvaffaqiyatga erisha oladi", - dedi u.
Uiteker, shuningdek, AQSh mojaroning har ikki tomonidan kelishuv bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi ekanini aytdi va Uitkoffning Rossiyaga tashrifi qandaydir samara berishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh hukumati Uitkoff 1 avgust kuni Isroil va G‘azo sektoriga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi. So‘ngra Tramp Isroilga safaridan so‘ng uning maxsus vakili Rossiyaga tashrif buyurishini aytdi. Uitkoff yaqin o‘tmishda Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurgan, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan.