Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Trampning maktubini Eronga kim yetkazishi ma’lum bo‘ldi

Trampning maktubini Eronga kim yetkazishi ma’lum bo‘ldi

BAA prezidentining diplomatik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Anvar Gargash chorshanba kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiga AQSh prezidenti Donald Trampning Islom Respublikasi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yo‘llagan maktubini topshiradi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Esmoil Bag‘iy ma’lum qildi.

“Birlashgan Arab Amirliklari prezidentining diplomatiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bugun tushdan keyin tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi bilan uchrashadi; u Eronga Trampdan maktub olib kelmoqda”, — deya diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirgan ISNA agentligi.

Avvalroq Tramp Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyga murojaat yo‘llaganini aytgandi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bunga javoban Eron AQSh prezidenti Donald Trampdan Eron yadro dasturi bo‘yicha oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyga haligacha xat olmaganini, biroq u tez orada vositachi tomonidan yetkazilishini aytdi.

“Xat yozildi, lekin u hali bizga yetib kelmadi. Yaqin orada arab davlatlaridan birining vakili Tehronga yetkazishi haqida kelishuv bor”, — dedi vazir.

Kiritildi: Bugun 11:18. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!