Uning mamlakatdagi vaziyat yuzasidan yillik murojaati 1 soat 47 daqiqa davom etib, 2000 yilda Bill Klinton tomonidan o‘rnatilgan ko‘rsatkichdan o‘zib ketdi.
Prezidentning asosiy bayonotlari:
- Eron tomonidan yadroviy qurol ishlab chiqmaslik bo‘yicha aniq kafolat hali olinmagan;
- AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni yakunlash ustida faol ish olib bormoqda;
- AQSh “ilgari hech qachon bo‘lmagan darajada katta, kuchli va boy davlatga aylandi.
- Prezidentligimda, imkon qadar hamma joyda tinchlik o‘rnataman, biroq zarur bo‘lganda Amerikaga tahdid solayotgan kuchlarga qarshi turishdan hech qachon ikkilanmayman;
- Bayden ma’muriyati AQShga “tarixdagi eng yomon inflyasiya”ni olib keldi;
- AQSh armiyasi Venesuelada noqonuniy diktator Nikolas Maduroning hokimiyatini tugatdi.