Urushdan keyin Ukrainani to‘liq tiklash uchun kamida 10 yil va 588 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu baho Ukraina hukumati, Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT tomonidan berilgan.
Qayd etilishicha, ushbu summa Ukraina nominal yalpi ichki mahsulotidan deyarli uch baravar ko‘p.
Eng katta zarar uy-joy fondi, transport va energetika infratuzilmasiga yetgan. Ayniqsa, front yaqinidagi viloyatlar va yirik shaharlarda talafotlar yuqori darajada qayd etilgan.