Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Trampning Kiyevga yordamni davom ettirish qarori Mersning sa’y-harakatlari bilan bog‘liq

Trampning Kiyevga yordamni davom ettirish qarori Mersning sa’y-harakatlari bilan bog‘liq

AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish qarori ko‘p jihatdan Germaniya kansleri Fridrix Mersning sa’y-harakatlari bilan bog‘liq.

Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Bild gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun Yevropa “Ukraina tomonida” va Qo‘shma Shtatlar o‘z yordamini davom ettirishga tayyor.

"Bu ko‘p jihatdan Germaniya kansleri tashabbusi tufayli sodir bo‘ldi. Tramp pozisiyasining o‘zgarishida Fridrix Mers katta rol o‘ynadi, chunki u boshidanoq Ukrainani himoya qilishini juda aniq aytgandi", - dedi vazir.

Vadefulning ta’kidlashicha, Mers G7 sammitidagi muzokaralar chog‘ida Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Oq uyning Oval kabinetidagi o‘z pozisiyasiga aniqlik kiritgan.

"Fridrix Mers Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh hozir kerakligini aytdi. Biz kansler AQSh prezidenti bilan shunday oqilona aloqalar o‘rnatganidan va Germaniyaning ovozi Vashingtonda yana yangrayotganidan xursand bo‘lishimiz mumkin", - dedi Vadeful.

Kiritildi: 11:00 20.07.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!